Blog tafsilotlar

Farg‘ona soliq kollejida 2019 yil 7 may kuni Fuqaro muhofazasi kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu tadbirda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodim I. Madumarov so‘zga chiqib, tabiiy ofatlar, sel kelishi, er qimirlashi, texnik va texnogek ofatlar tufayli sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi, har bir o‘qituvchi-xodimlar va o‘quvchilar favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilishi hamda o‘ziga va o‘zgalarga yordam ko‘rsata olishlar kerakligi haqida tushunchalar berdi. Suhbat davomida Botulizmni oldin olish, Qutirishdan saqlash, Zil-zila haqida tushunchalar ham berib o‘tildi va sel suv toshqin va ko‘chkilarda to‘g‘ri harakat qilish tushuntirib, mavzulari bo‘yicha tadbir ishtirokchilariga keng qamrovli misollar bilan tushuntirib berildi Tadbir so‘nggida o‘quvchilarga Botulizmni oldin olish Qutirishdan saqlanish, Zilzila haqida va boshqa mavzulardagi bukletlar va eslatmalar tarqatildi.

Fuqaro muhofazasi mutaxasissi
A.Oxunjonov

Ulashing:

Teglar: