Blog tafsilotlar

Kollej o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun:

  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boshqarmalardan o’z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan axborotni belgilangan tartibda so’rash va olish;
  • o’zining vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko’rib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
  • Kollej qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Kollej:

  1. O’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalar sifatli va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
  2. o’zining faoliyati bilan bog’liq bo’lgan prognoz ko’rsatkichlarga erishishni ta’minlash;
  3. Kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, o’zi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifatli amalga oshirilishi, pirovard natijalari va oqibatlari;
  4. aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida kasb-hunar ta’limi sohasini rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;
  5. kollejda kasb-hunar ta’limi sohasini rivojlantirish bo’yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, «yo’l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.
Ulashing:

Teglar: