Blog tafsilotlar

Kollejda:

1) o’quvchilar o’qitish kurslari bo’yicha guruhlarga, o’qitish yo’nalishi bo’yicha esa – bo’limlarga birlashtiriladi;

2) guruhlarni to’ldirish, qoidaga ko’ra, 30 nafargacha o’quvchilar doirasida belgilanadi, o’quvchilarning o’quv yuklamasi va boshqa o’quv-tarbiya jarayonini ratsionalizatsiyalash masalalari kasb-hunar ta’limi davlat standartiga muvofiq aniqlanadi;

3) o’quv yili 2 semestrga bo’linadi, o’quvchilar uchun har bir o’quv yilida jami kamida 10 hafta va ko’pi bilan 12 hafta davom etadigan ta’tillar belgilanadi.

  1. Kasb-hunar ta’limi dasturlari Davlat ta’lim standarti bilan belgilanadigan quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi:

1) umumta’lim dasturlari;

2) o’qitish yo’nalishlari bo’yicha umumtexnika kasb-hunar dasturlari va maxsus dasturlar.

 

Ta’limi sifatini nazorat qilish quyidagi reyting nazorat tartib-qoidalari amalga oshirilishini nazarda tutadi:

1) joriy nazorat – so’rovlar, seminarlar, nazorat ishlari va testlari tarzida bilimlar, mahoratlar va ko’nikmalarni tekshirish;

2) oraliq nazorat – semestr tugagach va o’quv dasturining tegishli bo’limi tugallangach imtihonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida amalga oshiriladi;

3) yakuniy nazorat – o’qish tugagach davlat attestatsiyasi – imtihonlar, testlar, malakaviy ishlar, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.

O’qitish kursini tamomlash yakunlari bo’yicha, reyting nazorati va attestatsiyasi natijalari asosida o’quvchini navbatdagi kursga o’tkazish yoki o’qitishning takroriy yiliga qoldirish to’g’risida qaror qabul qilinadi. O’quvchini kursdan-kursga o’tkazish yoki o’qitishning takroriy yiliga qoldirish direktorining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda o’tkazishlarga yo’l qo’yilmaydi.

O’quvchilarni kollejning bir tipidan boshqasiga o’tkazish, o’qishga tiklash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O’quvchilarni o’qitish kasb-hunar ta’limining fan va ishlab chiqarish bilan o’zaro hamkorligi asosida quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

1) o’quvchilarining korxonalarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyotidan o’tishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ish beruvchilarni o’quv jarayoniga, tarmoq ta’lim standartlarini va o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqishga jalb etish;

2) ilmiy-tadqiqotlar natijalarini yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish uchun eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali o’quv-tarbiya jarayoniga joriy etish;

3) o’qitishni tashkilotlarda ishlab chiqarish mehnati bilan qo’shib olib borish, qo’shma ishlab chiqarishlar tashkil etish, o’quvchilarni ishlab chiqarish amaliyotidan o’tish uchun bazalar bilan ta’minlash asosida malakali kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashning dual tizimini rivojlantirish;

4) alohida mutaxassislarni, o’quv guruhlarini maqsadli tayyorlashni moliyalashtirishda, kasb-hunar ta’limi muassasalarining moddiy-texnika va resurs bazasini mustahkamlashda, shuningdek ta’lim muassasalarini zamonaviy anjomlar, apparaturalar va uskunalar bilan jihozlashda, korxonalar, tashkilotlar va boshqa ish beruvchilarning ixtiyoriy (yoki tuzilgan shartnomalar asosida) qatnashishi;

5) o’quvchilarni tovar mahsulotlar ishlab chiqargan holda mehnat faoliyatiga va ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;

6) o’quvchilarga kelgusida ulardan ishlab chiqarishda va bitiruvchilar-ishlab chiquvchilarning joylarda taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirishda foydalanishi ehtimoli uchun diplom ishlanmalari mavzulari ro’yxatini berishda korxonalar, tashkilotlar va boshqa ish beruvchilarning qatnashishi;

7) bevosita ishlab chiqarishda muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda yuqori malakali mutaxassislar – ishlab chiqaruvchilarning o’quvchilarni o’quv-kasbiy tayyorlashda qatnashishi.

Kollej bitiruvchilariga Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kasb-hunar ta’limi kasblari va mutaxassisliklar tayyorlash yo’nalishlari klassifikatorlariga muvofiq malaka darajasi, egallangan kasb va unga qo’shimcha mutaxassisliklar ko’rsatilgan holda kasb-hunar ta’limi to’g’risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

Diplomga o’zlashtirilgan umumta’lim va maxsus (kasbiy) fanlar (kurslar), soatlar hajmi va ular bo’yicha baholar (reyting), shuningdek bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ko’rsatilgan holda kiritma varaqcha ilova qilinadi.

Davlat attestatsiyasidan o’tmagan bitiruvchi ta’lim darajasiga va takroriy davlat attestatsiyasiga 3 yil mobaynida talab qo’yilmaydigan ishga joylashish huquqini beradigan kasb-hunar ta’limi muassasasini tamomlaganlik to’g’risidagi ma’lumotnoma beriladi.

Kollejini tamomlaganlik to’g’risidagi diplom oliy ta’lim muassasasiga kirish yoki egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi.

Kollej manfaatdor vazirliklar va idoralar, ish beruvchilar, mehnat va aholi bandligi organlari bilan hamkorlikda pulli-kontrakt asosida:

1) kasb-hunar ma’lumotiga ega bo’lmagan shaxslarni umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishlari uchun kasb-hunar ta’limi dasturlari bo’yicha;

2) ikkinchi mutaxassislikni olishni xohlovchi kasb-hunar ma’lumotli shaxslarni kasb-hunar ta’limi dasturlari bo’yicha o’qitadi.

Ulashing:

Teglar: